Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Do'stlik mahallasi Ohunbabayev 69 uy

blog
  • E'lon va tadbirlar
  • 31-03-2023, 11:35

Assalom-Navro'z

Maktabimizda Navro‘z shukuhi…

Shu kunlarda atrofda ajib manzaralar barq urib, tabiat uyg’onmoqda. Bahor havosidan qalblarga tarovat, iliqlik yugurmoqda. Yangilanish, yasharish fasli boshlandi. Tun bilan kun tenglashadigan kunda nishonlanadigan,xalqimiz uchun sharqona yangi yil-Navro’z  ayyomi munosabati bilan Hazorasp tumanidagi  52-sonli  umumiy o’rta ta’lim maktabi jamoasini samimiy muborakbod etaman.

Navroz qadimiy milliy bayrami (fors tilidan tarjima qilindanda “yangi kun” ma’nosini anglatadi) 21 mart kuni nishonlanadi. Ushbu kun kecha bilan kunduzning tenglashgan paytidir. Ushbu bayramning kirib kelishi bilan kopgina Ozbek oilalar Sumalak, Xalim, Ko‘k somsa, Osh kabi turli milliy taomlarni tayyorlaydilar. Mazkur taomlar odamzod organizmiga foydali bolgan kop vitaminlarga boydir.

Navro‘z, eng avvalo, ezgulik elchisi! Bayram arafasida va bayram kunlari yetti yoshdan yetmish yoshgacha barcha bir-biriga mehr-muruvvat ko‘rsatishi, dehqonlarimiz yaxshi niyat bilan yerga urug‘ qadashi, otaxonlarimiz nabiralari, farzandlari bilan ko‘chat ekishi, mahallalarda bog‘ yaratish, obodonlashtirish ishlari avj olishi ham ezgulikka qaratilgan!

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan song Ozbek xalqining qadimiy urf-odatlari va ana’nalari kuchga kirdi, jumladan, Navroz bayramini nishonlash oziga xos tusga ega bo‘ldi. Bu bayram barcha xalqlarning do‘stlik va birlik ramziga ega bo‘lgan umumxalq bayramdir. 


                                  

                                 

                

Hazorasp tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 52-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Assalom Navro’z” deb nomlangan bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Bitiruvchi va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ishtirokida turli xil raqs, kuy va qo‘shiqlar ijro etildi. Milliy urf-odatlarimizni o‘zida mujassamlashtirgan sahna ko‘rinishlari tomoshabinlar e’tiborini tortib, bahoriy  kayfiyat bag‘ishladi.

            


                                 

                    

     Xalqimizda yaxshi bir gap bor: Tinch, ozod va obod yurtga bayramlar yarashadi! El-yurt xizmatida halollik va fidoyilik bilan mehnat qilayotgan Siz aziz yurtdoshlarimiz ham mamlakatimiz taraqqiyoti va farovonligiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz. Bu e’tirofning aynan bayram kunlarida yana bir bor ta’kidlash bizga o‘zgacha mamnuniyat baxshida etadi. Fursatdan foydalanib, Sizlarga omad, kuch-qudrat tilaymiz! Baxt, tinchlik-totuvlik, qut-baraka xonadoningizni tark etmasin!

Yana bir bor Navro‘zi olam barchangizga muborak bo‘lsin!

 

52-son 

maktab jamoasi nomidan 

Egamberdiyeva Nodira

Manzil

  • Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Do'stlik mahallasi Ohunbabayev 69 uy
  • +998 (90) 090-23-01
  • info@hazorasp52-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Январь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili